Yarim tundagi jinoyat: Milliy gvardiya Xorazmda jinoyatchini qo‘lga oldi

Yarim tundagi jinoyat: Milliy gvardiya Xorazmda jinoyatchini qo‘lga oldi

Joriy yilning 05 aprel kuni taxminan soat 00:40larda, Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida noma’lum shaxs tomonidan bozor hududida joylashgan savdo markazi binosining ikkinchi qavat kirish eshigini qattiq jism yordamida buzib ochishga uringan vaqtda, ushbu yo‘nalishda mol-mulk ishonchli qo‘riqlovini ta’minlashga jalb etilgan Xorazm viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi 1-alohida batalyoni xodimlari tomonidan voqea joyida qo‘lga olinib, ashyoviy dalillar bilan Urganch shahar IIO FMB navbatchilik qismiga belgilangan tartibda topshirildi.

Dastlabki surishtiruv davomida ushbu shaxs 1997 y.t., Xiva shahrida yashovchi fuqaro M.A. ekanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!