Yarim milliard dollar! Rossiyalik milliarder jarimaga tortildi

Yarim milliard dollar! Rossiyalik milliarder jarimaga tortildi

Rossiyalik tadbirkor Oleg Tinkov AQSh tomondan o‘ziga bildirilgan e’tirozlarni hal qilish doirasida AQShga 448,9 mln dollar to‘lab berdi. Biroq bu milliarderning Vashingtonga to‘lashi kerak bo‘lgan summaning hammasi emas.

Tinkov AQShda soliq jinoyatlarini sodir etishda ayblangan. U 2013 yilda AQSh fuqaroligidan voz kechganda to‘lashi kerak bo‘lgan soliqni to‘liq hajmda to‘lamagan.

Milliarder AQSh sudi bilan kelishuvga erishib, uning doirasida AQShga yetkazilgan zarar uchun kompensasiya sifatida 506 mln dollar to‘lashga rozi bo‘lgan. Bu esa u AQShga to‘lamagan soliq miqdoridan 2 marta ko‘proqni tashkil qiladi.

Ayni vaqtda tadbirkor Londonda qolmoqda. Tinkov AQSh sudi bergan order bo‘yicha 2020 yil fevralda Britaniyada hibsga olingan, biroq keyinroq garov puli evaziga ozodlikka chiqarilgan. AQSh ilgari surgan ayblovlar bo‘yicha tadbirkorga 6 yillik qamoq jazosi xavf solgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!