Yaqinda qamoqdan chiqqan erkak butun boshli oilani o‘ldirdi

Yaqinda qamoqdan chiqqan erkak butun boshli oilani o‘ldirdi

Xakasiyaning Shirin tumanidagi uyda besh kishining, jumladan, yetti yoshli qizaloqning jasadi topildi. TFR viloyat boshqarmasi xabariga ko‘ra, shafqatsiz jinoyat sodir etishda gumon qilinib, ilgari ikki marta qotillikda ayblangan 36 yoshli mahalliy fuqaro ushlangan.

Jinoyat Jirim qishlog‘ida sodir etilgan. Uy bekasi, uning eri, 20 yoshli o‘g‘li va nabirasi hujumchining qurboniga aylandi. Oila boshlig‘ining akasining jasadi bog‘da topilgan. Ko‘rinishidan, u qotildan yashirinmoqchi bo‘lgan, lekin qochib qutula olmagan.

Manbaga ko‘ra, Panov ismli gumonlanuvchi boshqa uyga bostirib kirmoqchi bo‘lganida, uch mahalliy aholi tomonidan ushlangan. Erkaklar qonga bo‘yalgan bosqinchini urib, keyin bog‘lab qo‘yishdi.

Ikki ayolni o‘ldirgani uchun 18 yilga qamalgan Panov bir oyga yaqin vaqt oldin ozodlikka chiqqandi. Hujum paytida u mast bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!