Yaponiyalik olimlar Islomga kirdi

Yaponiyalik olimlar Islomga kirdi

Qarishni kechiktirish uchun ilmiy izlanish olib borgan 7 nafar yaponiyalik olimlar Islomni qabul qilib musulmon bo‘lishdi. Bu haqda en.shafaqna.com manbasi xabar berdi.

Olimlar nega musulmon bo‘lganliklarini quyidagicha bayon qildilar:

«Olib borilgan ilmiy izlanishlarimiz natijasida, «tabiiy yo‘l» bilan qarishni kechiktirish uchun zaytun va anjirdan foydalanish kerakligini aniqladik. Biz sinab ko‘rgan bir nechta sinovlarda, 7 ta zaytun, 1 ta anjirdan tayyorlangan kremlarimiz haqiqatda qarishni kechiktirganiga guvoh bo‘ldik. Qur’oni Karimda ham zaytun bilan anjirning yoshlikka foydasi borligi yozilgan ekan.

Bundan tashqari, Qur’onda 7 marta zaytun, 1 marta anjir so‘zi zikr qilingan ekan.

Bu narsa tasodif emasligini bilib Islom dinini tanladik. Bizni boshqaryotgan yaratuvchi borligini his qildik. Biz U borliqqa Alloh, deymiz».

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!