Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer jinsiy tajovuzda gumonlanib ushlangani aytilmoqda

Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer jinsiy tajovuzda gumonlanib ushlangani aytilmoqda

Tokioda o‘zbekistonlik yetkazib beruvchi voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy tajovuzda gumonlanib ushlandi.

Yaponiya polisiyasi Tokioning Shinagava tumanida yashovchi 45 yoshli O‘zbekiston fuqarosini maktab yoshidagi qizga nisbatan jinsiy xarakterdagi nomaqbul harakat sodir etganlikda gumonlanib hibsga oldi.

Jiji Press xabariga ko‘ra, voqea 5 iyul kuni Tokioning Setagaya tumanida sodir bo‘lgan. Ovqat yetkazib berish uchun xonadonga borgan erkak uyda yolg‘iz bo‘lgan 10 yoshdan katta qizga nisbatan nomaqbul harakat qilgan.

Qiz voqeadan so‘ng polisiyaga qo‘ng‘iroq qilib, holat haqida xabar bergan. Polisiya ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi aybini tan olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

"Oltin to‘p" uchun favorit o‘zgardi

"Олтин тўп" фаворити ўзгарди - бу энди Кейн эмас.