Yaponiyada toshqinlar va ko‘chkilar oqibatida 57 kishi halok bo‘ldi

Yaponiyada toshqinlar va ko‘chkilar oqibatida 57 kishi halok bo‘ldi

Yaponiyaning janubi-g‘arbida joylashgan Kyusyu orolida uch kun davom etgan kuchli yomg‘irlardan keyin 57 kishi halok bo‘ldi, 16 kishi bedarak yo‘qoldi.

Rasman halok bo‘lganlar ro‘yxatiga 57 kishi kiritilgan, yana 2 kishi yurak va o‘pka faoliyati to‘xtagan holatda deb qayd qilingan, chunki Yaponiyada o‘limni faqatgina maxsus tibbiy xodim belgilangan tartibot bo‘yicha qayd qila oladi. Barcha halok bo‘lganlar kuchli yomg‘irlar oqibatida yuz bergan toshqinlar va ko‘chkilar qurbonlari bo‘lgan. 

Ayni vaqtda yomon ob-havo fronti Yaponiyaning bosh oroli – Xonsyuning markaziy qismidagi Nagano va Gifu prefekturalariga ko‘chgan. U yerda toshqinlar va tog‘ ko‘chkilari yuz berishi xavfi sababli 54 mingdan ko‘proq odamga evakuasiyalanish tavsiya qilingan. 

Falokat hududiga mahalliy qutqaruvchilarga yordamga 20 mingga yaqin harbiy yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!