Yaponiyada suv toshqini sabab 8,6 mingga yaqin xonadon suvsiz qoldi

Yaponiyada suv toshqini sabab 8,6 mingga yaqin xonadon suvsiz qoldi

4 iyul kuni Yaponiya janubida kuchli yog‘ingarchilik bo‘lib o‘tishi oqibatida bir nechta prefekturada suv toshqinlari kuzatildi. O‘sha kuni Kumamotoda bir soat ichida 100 millimetrdan ortiq yomg‘ir yog‘gan.

NHK telekanali ma’lumotiga ko‘ra, toshqin tufayli eng ko‘p jabralangan hudud Kumamoto prefekturasidir.

8 iyul holati ma’lumotlariga ko‘ra, suv toshqini sabab Yaponiya markazining janubiy-g‘arbiy hududida 8,6 mingga yaqin xonadonlar suv ta’minotisiz qolgan. Bu haqda NHK telekanali mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga tayanib, xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Kyusyu orolidagi Kumamoto prefekturasining o‘zida 6,7 ming xonadon aholisi suvsiz qolgan.

Falokat oqibatida Kyusyu orolida oxirgi uch kunda 60 ga yaqin odam halok bo‘lgan. 17 nafar shaxs bedarak yo‘qolgan. Hozirda Kyusyuda Toyota Motor konsernining uchta katta zavodi faoliyatini tiklash ustida ish olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!