Yaponiyada kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda

Yaponiyada kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda

Seshanba kuni Yaponiyaning aksariyat hududlarida kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda. Meteorologlar yo‘llarda hushyor bo‘lishni va qor bo‘roni tufayli tirbandliklardan qochishni so‘ramoqda, deya xabar beradi Kazinform Kyodo agentligiga tayanib.

Yaqin ikki kun ichida Yaponiya dengizi va Tinch okeaniga qaragan hududlarda kuchli shamol va bo‘ronlar bo‘lishi kutilmoqda. Yaponiya meteorologiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ob-havoning yomonlashishiga atmosfera bosimining pastligi sabab bo‘lmoqda.

Seshanba kuni u kuchayadi va Xokkaydo shimoli-sharqidagi Kuril orollariga va Yaponiyaning sharqiy qismiga o‘tadi, bu esa haroratning eng past darajaga tushishiga olib keladi.

Yaponiyaning markaziy qismidagi Xokuriku mintaqasida bir sutkada 100 santimetrgacha, Toxoku shimoli-sharqida 80 santimetrgacha, Kanto-Kosin sharqida va markazida, G‘arbiy Kinki va Chugoku viloyatlarida 70 santimetrgacha qor yog‘ishi kutilmoqda.

Meteorologlar, shuningdek, Yaponiyaning janubi-g‘arbidagi Xokuriku, Kinki, Chugoku, g‘arbiy Sikoku oroli va Okinavada maksimal shamol tezligi soatiga 82,8 km, Kanto-Kosin hududida 72 km/soat bo‘lishini prognoz qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!