Yaponiyada koronavirusning yangi mutasiyasi aniqlandi

Yaponiyada koronavirusning yangi mutasiyasi aniqlandi

Koronavirus butun dunyo bo‘ylab tarqalib va ​​mutasiyaga uchrashda davom etmoqda. Yaponiyaning g‘arbiy qismidagi Kobe shahrida yana bir mutasiya aniqlandi, deb xabar berdi NHK telekanali.

Virus 17 may kuni qorin bo‘shlig‘idagi yengil og‘riq tufayli tibbiy muassasaga murojaat qilgan 50 yoshli bemorda topilgan. Sinovda koronavirus borligi tasdiqlandi va mutasiyaning mavjudligini tekshirishda ingliz shtamiga xos N501Y mutasiyasi hamda E484Q mutasiyasi aniqlandi. Infeksiyaning ushbu gibrid turining tarqalish darajasi yuqori, shuningdek, yuqtirgan fuqarolarda og‘ir alomatlar xavfi yuqori.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!