Yaponiyada dengiz suvida parchalanadigan plastik paketlar ishlab chiqariladi

Yaponiyada dengiz suvida parchalanadigan plastik paketlar ishlab chiqariladi

Mitsubishi Chemical yapon kompaniyasi dengiz suvida parchalanadigan plastik paketlarni ishlab chiqarishi to‘g‘risida xabar berdi.

Mazkur paketlar tarkibiga qisman shakar qamish kiruvchi materialdan tayyorlanib, ko‘rinishidan oddiy paketlardan farq qilmaydi.

Mitsubishi Chemical kompaniyasi kelgusida dengiz va okeanlarning ifloslanishiga qarshi kurashishda ular tomonidan ishlab chiqilgan paketlarning ko‘mak berishiga umid bildirmoqda.

Yaponiyada 1 iyuldan ba’zi do‘konlarda biologik parchalanadigan materiallardan tayyorlangan bepul sumkalar taklif etila boshlandi, ammo aksariyat hollardan xaridorlar o‘zlari bilan parchalanmaydigan sumkalar olib kelyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!