Yaponiyada COVID-19 bilan og‘rigan bemorda ilk o‘pka jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi

Yaponiyada COVID-19 bilan og‘rigan bemorda ilk o‘pka jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi

Yaponiyaning Kioto universiteti shifoxonasi shifokorlari COVID-19 tufayli kelib chiqqan pnevmoniya asoratlaridan aziyat chekayotgan bemorga birinchi o‘pka transplantasiyasini o‘tkazishdi. 

Ko‘krak qafasi xirurgiyasi bo‘limi direktori, professor Date Xiroshi payshanba kuni boshqa xodimlar bilan matbuot anjumani o‘tkazdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, chorshanba kuni Kansay mintaqasida yashovchi ayol o‘tgan yil oxirida koronavirus bilan kasallanganidan keyin unda og‘ir pnevmoniya rivojlangan va 11 soat davomida operasiya qilingan.U yurak va o‘pka funksiyalarini almashtiradigan EKMO apparatlari yordamida davolandi va natijada virusga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Ammo u fibroz tufayli o‘pkaning asosiy funksiyalarini yo‘qotdi, ya’ni o‘pkaning tiklanishiga umid qolmagan.

Shifokorlar bemorga uning turmush o‘rtog‘i va o‘g‘lining o‘pka bo‘limlarini ko‘chirib o‘tkazdilar. Ayol ayni paytda reanimasiya bo‘limida davolanmoqda.

Shifokorlarning aytishicha, agar bemor sog‘ayishni davom ettirsa, u uch oy ichida to‘liq tiklanishi mumkin. Turmush o‘rtog‘i va va o‘g‘lining ham ahvoli qoniqarli.

Yapon olimlari dunyoda birinchi marta koronavirus bilan kasallangan bemorga o‘pka to‘qimasini transplantasiyasini o‘tkazganliklarini da’vo qilishmoqda. Ushbu o‘pka transplantasiyasi koronavirus bilan kasallanganidan keyin jiddiy oqibatlarga olib kelgan odamlarni davolashning istiqbolli usuli bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!