Yaponiyada balandligi 1 592 metr bo‘lgan vulqon otildi

Yaponiyada balandligi 1 592 metr  bo‘lgan vulqon otildi

Mahalliy hukumat aholini vulqon joylashgan hududga yaqinlashmaslikka chaqirmoqda. Kumamota prefekturasining janubi-sharqidagi Kyusyu orolida joylashgan Aso vulqonining harakati chorshanba kuni ro‘y bergan. Bu haqida mamlakatning milliy meteorologik boshqarmasi e’lon qilgan.

Qurbonlar va ko‘rilgan zarar haqidagi ma’lumotlar yo‘q. Bundan tashqari, vulqonning havo yo‘llariga ta’siri ham ma’lum emas.

Meteorologiya boshqarmasi xavf darajasi besh balli shkalada ikkinchi darajadan uchinchi darajaga ko‘tarilishi haqida ogohlantirdi. Kraterdan 1 km radiusda katta tog‘ jinslari va piroklastik oqimlarning otilishi izlari ko‘rilgan. Shu bilan birga, vulqonning o‘ziga 2 km dan oshiq yaqinlashish taqiqlanadi.


Aso – dunyodagi katta vulqonlardan biri hisoblanadi. Uning balandligi 1 592 metrni tashkil etadi. Unda turli kuchli portlashlar muntazam ravishda qayd etiladi. Bundan avvalgi portlash 2019 yilda ro‘y bergandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!