Yaponiya xalqi Abeni so‘nggi manzilga kuzatdi

Yaponiya xalqi Abeni so‘nggi manzilga kuzatdi

Yaponiyaliklar o‘tgan juma kuni fojeali ravishda hayotdan ko‘z yumgan sobiq bosh vazir Sindzo Abeni so‘nggi yo‘lga kuzatish uchun ko‘chalarga chiqishdi.

2020 yilgacha u rahbarlik qilgan Liberal-demokratik partiyasi bosh qarorgohi joylashgan yo‘l yoqasi hamda bir nechta ko‘chalar odamlarga to‘ldi, deyiladi RIA Novosti tarqatgan xabarda.

Abe Yaponiya tarixida ushbu lavozimda eng uzoq qolgan siyosatchi hisoblanadi.

Sobiq bosh vazir Sindzo Abega 8 iyul kuni Nara prefekturasida saylovoldi mitingda so‘zga chiqqan paytda Tesuya Yamagami degan kimsa tomonidan suiqasd uyushtirildi. U Abega qarata ikki marta o‘q uzgan. Siyosatchi bo‘yni va ko‘kragidan jarohat olib kasalxonaga olib kelingandan keyin hayotdan ko‘z yumgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!