Yaponiya O‘zbekistonga 195 million dollar miqdorida kredit ajratadi

Yaponiya O‘zbekistonga 195 million dollar miqdorida kredit ajratadi

Yaponiya O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy tiklanish, barqarorlik va barqaror rivojlanishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistonga 195 million dollar miqdorida kredit ajratadi.

Tegishli almashinuv yozuvlarini bugun, 16 aprel kuni Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fujiyama va moliya vazirining o‘rinbosari Odilbek Isoqov imzoladilar.

Ma’lum qilinishicha, kredit 25 yillik muddatga 7 yillik imtiyozli davr bilan beriladi.

Ushbu kredit O‘zbekistonga AQSh dollarida berilgan birinchi kredit hisoblanadi.

«Yaponiya epidemiologik vaziyatni erta hal etish, shuningdek, xalqaro hamjamiyat va iqtisodiyotni tiklash va barqarorligini ta’minlashga ko‘maklashishni davom ettirish niyatida»,- deya qayd etiladi bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!