Yaponiya rus oligarxlarining aktivlarini muzlatishga qaror qildi

Yaponiya rus oligarxlarining aktivlarini muzlatishga qaror qildi

Yaponiya hukumati rus oligarxlarining aktivlarini muzlatishga qaror qildi. Bu haqda bugun Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida ma’lum qildi, deya xabar beradi «TASS».

“Bugun rossiyalik oligarxlarning aktivlarini muzlatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deb tushuntirdi u.

Bosh vazir Yaponiya, Yevropa va AQShning moliyaviy sanksiyalari, jumladan, Rossiya banklarining SWIFT xalqaro banklararo to‘lovlar tizimidan uzilishi Moskvani xalqaro to‘lov tizimi va jahon iqtisodiyotidan izolyasiya qilishga qaratilgan zaruriy qadamlar ekanligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!