Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana kengaytirdi

Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana kengaytirdi

Yaponiya hukumati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tasdiqladi. Bu haqda Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligiga tayanib, "TASS" xabar bermoqda.

"Mamlakatimiz Ukrainadagi vaziyat bilan bog‘liq xalqaro sa’y-harakatlarga hissa sifatida va yetakchi davlatlar tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni inobatga olgan holda, quyidagi xarakterdagi tashqi savdo operasiyalarini taqiqlash choralarini kiritmoqda: eksportni taqiqlash, xususan Rossiya Federasiyasining kimyoviy qurol bilan bog‘liq tovarlari", - deyiladi bayonotda.

Ro‘yxatlar mudofaa sanoatiga tegishli 21 ta tashkilot bilan to‘ldirildi. Shuningdek, u kimyoviy qurol ishlab chiqarish bilan bog‘liq tovarlarni yetkazib berishni taqiqlashni ham kiritadi. Yangi sanksiyalar 3 oktyabrdan kuchga kiradi.

Yaponiyadan eksport qilish taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga "Moselektronproyekt" OAJ, NPO "Etalon", "Energiya" OAJ, A. I. Alixonov nomidagi Nazariy va eksperimental fizika instituti Milliy tadqiqot markazi Kurchatov instituti kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!