Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi va yana 25 nafar rossiyalikni "qora ro‘yxat"ga kiritdi

Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi va yana 25 nafar rossiyalikni "qora ro‘yxat"ga kiritdi

Yaponiya Ukrainadagi vaziyat va davom etayotgan harbiy amaliyot tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi.

Shuningdek, Yaponiya 25 nafar rossiyalik va Rossiyaning 81 tashkilotiga qarshi yangi sanksiyalar paketini joriy qilmoqda. Bu haqda Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, ro‘yxatga Rossiya Federasiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov va uning rafiqasi Tatyana Navkaning katta farzandlari, VEB davlat korporasiyasi raisi Igor Shuvalov va uning qarindoshlari, “Severstal”ning asosiy aksiyadori Aleksey Mordashov, “Rostex” bosh direktori Sergey Chemezovning qarindoshlari, Rossiya Prezidenti ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko, Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev, Rossiya Federasiyasi Prezidentining atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiya va transport bo‘yicha maxsus vakili Sergey Ivanovning o‘g‘li, “Rossiya” bankining egasi Nikolay Shamalov va uning o‘g‘li Kirill, “Rosneft” rahbari Igor Sechinning o‘g‘li Ivan, “Transneft” prezidenti Nikolay Tokarevning qarindoshlari va tadbirkor Rotenberglar kiritilgan.

Sanksiya kiritilgan kompaniyalar orasida Miass avtomobil zavodi, “Vimpel” kemasozlik zavodi, Amur kemasozlik zavodi, Yaroslav kemasozlik zavodi, “Krasnoye Sormovo” zavodi, “Zvyozdochka” kemasozlik zavodi va boshqalar bor.

Bundan tashqari, Yaponiya hashamatli tovarlarni Rossiyaga eksport qilishni taqiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!