Yaponiya Rossiya neftini import qilishni to‘xtata olmaydi

Yaponiya Rossiya neftini import qilishni to‘xtata olmaydi

Yaponiya Rossiya neft importiga qaram va Yevropa Ittifoqining embargo joriy etish rejalariga qo‘shilish rejasi yo‘q.

Bu haqda Kiodo agentligi xabar bermoqda.

«Yaponiyaning resurslari cheklangan va biz uchun hozir YEI bilan kelishib harakat qilish qiyin», dedi Yaponiya Iqtisodiyot vaziri Koiti Xagiuda.

Koiti Xagiudaning so‘zlariga ko‘ra, bu vaziyatda har bir davlat o‘z kuchidan kelib chiqib harakat qilishi kerak, biroq Tokio AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarga ochiqligini e’lon qilgan va buni G7 hamkorlari bilan muhokama qilishni rejalashtirgan AQSh prezidenti Jo Bayden bilan «bir yo‘nalishda harakat qilmoqchi».

Bundan tashqari, Xagiuda, Yaponiya Rossiyaga energiya qaramligini kamaytirish uchun AQShdan suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni ko‘paytirishni so‘raganini va Tokio AQShning suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqarish loyihalarida ishtirok etgan yapon firmalariga kredit berishni ko‘rib chiqayotganini aytdi.

Shuningdek, Xagiuda AQSh energetika vaziri Jenifer Grenxolm bilan uchrashgani va Ukraina atrofidagi vaziyat fonida energetika xavfsizligini saqlash masalalarini muhokama qilgani, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken va Yaponiya milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Takeo Akiba o‘rtasidagi uchrashuvda u Ukrainada boshlagan urush tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalar haqida hamkorlik masalalari muhokama qilingani ham xabar qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!