Yaponiya hukumati Rossiyaga qarshi urush boshlamoqchi

Yaponiya hukumati Rossiyaga qarshi urush boshlamoqchi

Yaponiya fuqarolarining so‘zlariga ko‘ra, yapon diplomatiyasi ularning umidlarini oqlamayapti. Shuningdek, ular Tokio bilan Janubiy Kurilda birgalikdagi iqtisodiy faoliyat olib borish tashabbusiga qarshi chiqqan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning bayonotiga izoh bergan. Lavrov so‘zlariga ko‘ra, mazkur tashabbus o‘z navbatida Rossiya Federasiyasi Konstitusiyasi bilan taqiqlangan.

Portal foydalanuvchilaridan biri Rossiya hech qachon Kuril orollaridan voz kechmasligini aytgan, shuning uchun Yaponiyaning uni «xursand qilish» bo‘yicha urinishlari mantiqsiz ekanini ta’kidlagan. Ayrim foydalanuvchilar esa Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abeni Moskvaga minnatdorchilik bildirishda ayblagan.

Shuningdek, foydalanuvchilar Yaponiya hukumatini Rossiyaga qarshi «shafqatsiz harakat qilish»ga va unga nisbatan sanksiyalar joriy etishga chaqirgan. Yaponiya Rossiyaga qarshi urush boshlagan taqdirdagina «shimoliy hududlarni» qaytarishi mumkinligi, aks holda «xo‘rlikka chidashi» kerakligi aytilgan.

https://www.gazeta.ru/social/news/2021/09/04/n_16480802.shtml


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!