Yaponiya hukumati Putinga Sindzo Abening dafn marosimida qatnashishiga ruxsat bermaydi

Yaponiya hukumati Putinga Sindzo Abening dafn marosimida qatnashishiga ruxsat bermaydi

Yaponiya hukumati Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abening davlat dafn marosimida qatnashishni istasa, unga ruxsat bermaydi. Bu haqda Nikkei gazetasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Tokio Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli Putinga nisbatan sanksiyalar kiritgan.

Gazetaning ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti yapon siyosatchisining 27 sentyabrga belgilangan davlat dafn marosimida qatnashishni rejalashtirganmi yoki yo‘qmi, hozircha ma’lum emas.

8 iyul kuni Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abe suiqasddan keyin vafot etdi.

Putin marhum siyosatchining rafiqasi va onasiga hamdardlik bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!