Yaponiya hukumati imperator oilasiga bola asrab olishga ruxsat berishi mumkin

Yaponiya hukumati imperator oilasiga bola asrab olishga ruxsat berishi mumkin

Ma’lum bo‘lishicha, hukumat ayni vaqtda «Uy xo‘jaliklari to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish kiritishni ko‘rib chiqishni boshlagan. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, taxtga faqat erkak imperatorning avlodi bo‘lgan o‘g‘il bola o‘tirishi mumkin. Naruxitoning sulolasidan imperatorlikka 4 nafar nomzod qolgan bo‘lib, ularning 3 nafari 55 yoshdan katta. Shu bilan birga, 15 yoshli shahzoda Xisaxitoning o‘g‘il farzand ko‘rishiga hech qanday kafolat yo‘q.

Yaponiya hukumati buni inobatga olgan holda 85 yoshli shahzoda Xitachiga bola asrab olish va uni merosxo‘r qilish imkoniyatini bermoqchi. Aytilishicha, shahzodaga va uning rafiqasiga imperatorlik maqomini saqlab qolish uchun faqat aristokrat va imperator oilalari avlodlarini asrab olishga ruxsat beriladi.

Hukumatning bu tashabbusi Yaponiya jamiyatida keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik bu muammoning aniq yechimi ayollarni taxtga o‘tirishga qo‘yilgan taqiqning bekor qilinishi ekanligini aytgan. Bu sulolaning qon merosxo‘rligini saqlab qolish va mamlakatni taxt vorisi inqirozidan himoya qilish imkonini beradi.

https://www.dailymail.co.uk/news/article-9962633/Japans-imperial-family-begin-ADOPTING-sons-tackle-shortage-male-heirs-throne.html?ns_mchannel=rss&ns_campaign=1490&ito=1490


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!