Yaponiya chegaradosh mamlakatlarga 65 mln gumanitar yordam ajratadi

Yaponiya chegaradosh mamlakatlarga  65 mln gumanitar yordam ajratadi

Yaponiya Afg‘oniston va unga chegaradosh mamlakatlar – Pokiston, Eron, Tojikiston va O‘zbekistonga qochoqlar muammosi masalasi bo‘yicha 65 mln AQSh dollari miqdorida favqulodda gumanitar yordam granti ajratadi. Yaponiya hukumati ushbu qarorni joriy yilning 26-oktyabrida qabul qilgan, deyiladi mamlakatning Tashqi ishlar vazirligi saytida.

"Yaponiya hukumati Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishi, shuningdek mintaqada barqarorlikni ta’minlashda faol ishtirok etishi lozim", deyiladi xabarda.

Xabaringiz bor, mintaqada ahvol tobora yomonlashib bormoqda. BMT hisobotiga ko‘ra, mamlakat jiddiy gumanitar inqiroz yoqasida turibdi: 23 mln afg‘onga (shu jumladan, 3.2 mln bolaga) ochlik xavf solmoqda.

(https://xabardor.uz/x/840258)Yaponiya hukumati ajratgan grantning asosiy qismi: 58 mln AQSh dollari Afg‘onistonning o‘ziga yo‘naltiriladi. Qolgan pul quyidagi tartibda bo‘linadi: Pokiston – 3,5 mln AQSh dollari, Eron – 2,6 mln AQSh dollari, Tojikiston – 700 ming AQSh dollari va O‘zbekiston – 200 ming AQSh dollari oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!