Yaponiya bosh vazirining koronavirus testi ijobiy chiqdi

Yaponiya bosh vazirining koronavirus testi ijobiy chiqdi

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida COVID-19 uchun ijobiy sinovdan o‘tdi.

Bu haqda Yaponiya hukumati rahbari devoniga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

65 yoshli bosh vazir 21 avgust kuni koronavirus uchun ijobiy testdan o‘tdi. Hozirda u Tokiodagi qarorgohida.

Avvalroq Amerikaning Pfizer farmasevtika kompaniyasi bosh direktori, to‘rt marta koronavirusga qarshi emlangan Albert Burla COVID-19 bilan kasallangani xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!