Yaponiya 2020 yilgi Olimpiadada ishlovchi robotlarni taqdim qildi

Yaponiya 2020 yilgi Olimpiadada ishlovchi robotlarni taqdim qildi

Tokio shahridagi 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi tadbirga tashrif buyuruvchilarga yordam beradigan robotlarni taqdim etdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Ular mehmonlarga o‘z joylarini topishga yordam beradi, kerakli ma’lumotni aytadi, ichimlik va ovqat olib keladi.

Olimpiada davomida 2 turdagi 16 ta robot ishlaydi. Birinchi tur odamlarga yordam beruvchi robot, ikkinchisi esa yetkazib berish xizmatini bajaruvchi robot. Birinchi robotning qo‘l-manipulyatori bor, ikkinchisi ichki tomondan axlat qutisiga o‘xshaydi.

Robotlarni ishlab chiqargan Toyota kompaniyasi ular Olimpiada davomida eng ko‘p nogironlar va kam harakat qiluvchi mehmonlarga kerak bo‘ladi deb hisoblaydi. Kompaniya bunday robotlarni 2030 yildan ommaviy sotuvga qo‘yish niyatida.

Robotlardan tashqari Olimpiada-2020 davomida Panasonic kompaniyasining ekzoskeletlari ham xizmat qiladi. Ular ishchilarga og‘ir yuklarni ko‘tarish va tashishga yordam beradi. Ekzokostyumlardan tadbirning o‘zida emas, balki aeroportlarda va chegara hududlar da foydalaniladi. Panasonic bu bilan ishchilarning samaradorligi 20 foizga oshishi va og‘ir yuklarni qiyinchiliksiz tashish imkoni yaratilishini ta’kidlagan.

Bu Yaponiyaning Olimpiya o‘yinlarida o‘zining texnik darajasi yuqori davlat ekanini birinchi marta ko‘rsatishi emas. 1964 yildagi o‘yinlarda rasmiylar super tezyurar poyezd Sinkansenni taqdim qilgan edi. Undan hozirgi kungacha foydalaniladi.

Olimpiada 2020 da asosiy urg‘u nafaqat texnologiyaga, baki ekologiyaga ham berilmoqda. G‘oliblar qayta ishlangan materialdan qilingan medallarga ega bo‘ladi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!