Yangiyo‘ldagi YTHda ikki kishi vafot etdi

Yangiyo‘ldagi YTHda ikki kishi vafot etdi

Joriy yilning 17 iyul kuni soat 05:30larda Toshkent shahar Sergeli tumanida yashagan 27 yoshli D.N. boshqaruvidagi «Opel Omega» rusumli avtomashinasini Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani Chortoq mahallasi hududidan o‘tuvchi «Quyichirchiq-Toshkent» yo‘lida haydab ketayotib, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan Namangan viloyati Chortoq tumanida yashovchi 62 yoshli A.I. boshqaruvidagi «DAF» rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada «Opel Omega» avtomashinasi haydovchisi va uning yo‘lovchisi, Sergeli tumanida yashagan 22 yoshli A.U. ismli ayol jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!