Yangiqo‘rg‘ondagi yong‘inni o‘chirishda Qirg‘iziston hududidagi suvdan foydalanilgan vaziyat haqida rasmiy izoh berildi

Yangiqo‘rg‘ondagi yong‘inni o‘chirishda Qirg‘iziston hududidagi suvdan foydalanilgan vaziyat haqida rasmiy izoh berildi

Kuni kecha, ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Qirg‘iz Respublikasi bilan chegaradosh O‘ktom qishlog‘idagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida ma’lumot tarqaldi. Xabarda aytilishicha, yong‘inni bartaraf etish chog‘ida qirg‘iz chegarachilari Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati hududidan oqib o‘tuvchi kanal suvidan foydalanishga bizning yong‘in-qutqaruv guruhiga ruxsat bergan. Mazkur vaziyatda bu eng samarali yechim edi, chunki suv manbai voqea joyidan 150 metr uzoqlikda joylashgan.

Ma’lumot uchun shuni ta’kidlaymizki, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida chegaraviy tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi reglament mavjud. Ushbu hujjatga ko‘ra, tomonlar bunday vaziyatlarda o‘zaro yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!