Yangiqo‘rg‘on tumanida tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Yangiqo‘rg‘on tumanida tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.A. boshqa bir fuqaro M.ga Yangiqo‘rg‘on tumani, “Iskovot” qishlog‘i markazida xorijda ishlab chiqarilgan 7 000 quti “Milano” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini 45,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!