Yangihayotdan yangi g‘oyalar

Yangihayotdan yangi g‘oyalar

Yangihayot tumani shahardagi eng navqiron tuman bo‘lishiga qaramasdan, unda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining noodatiyligi insonlarning doimiy e’tiborida. Tumandagi har bir islohot insonlarning atrof-muhitdan zavq olishi uchun yaratilgan va bu tuman qiyofasini yangilash va yaxshilash uchun muhim qadamdir.

Shunday o‘ziga xos ijodkorlik namunalaridan biri — bu tumandagi «Yangihayot» mahallasida qurilgan inson qo‘lida o‘sayotgan daraxt. Bu bir tomondan, tumandagi har bir daraxt himoyada ekanligining ramzi bo‘lsa, boshqa tomondan tabiatni asrash barchamizning burchimiz ekaniga ishoradir.

Yangihayot shu kunga qadar kreativlik tamoyiliga tayangan holda o‘zgarishlar qilishga odatlangan va bu kabi takrorlanmas g‘oyalar hali davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!