Yangibozorda MCHJ rahbari bank garovga olgan issiqxonani buzib tashladi

Yangibozorda MCHJ rahbari bank garovga olgan issiqxonani buzib tashladi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangibozor tuman bo‘limi tomonidan “Xalq banki” Yangibozor filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Z.B.” fermer ho‘jaligi rahbari Z.Q. naslli qoramol sotib olishga ajratilgan 237,6 ming AQSh dollari miqdoridagi kredit ta’minoti uchun garovga qo‘yilgan 616,1 mln so‘mlik issiqxonani buzib tashlab, jihozlarini boshqa maqsadlarda ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!