Yangi Zelandiyadagi terror hujumlari musulmonlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda

Yangi Zelandiyadagi terror hujumlari musulmonlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda

Xabaringiz bor o‘tgan yili Yangi Zelandiyada ikki masjidga qilingan hujum oqibatida 51 musulmon halok bo‘lgan edi. Aytib o‘tish lozimki, mash’um voqeadan so‘ng davlatning musulmonlarga nisbatan munosabati ijobiy tomonga o‘zgardi. Qisqa vaqt ichida islomiy maktablarni ochish, ovoz kuchaytirgichlarda azon chaqirish, davlat televideniyesi orqali juma namozlarini efirga uzatish kabi muhim yutuqlarga erishildi.

Vaholanki, bir necha oy oldin, musulmon jamoalariga Yangi Zelandiyadagi ozchilik guruh sifatida qaralib, hech kim bilmas edi. Biroq, 51 kishining halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan terrorchilik hujumidan keyin shartlar o‘zgardi. To‘g‘risi shu voqealar musulmon jamoatlari rahbarlariga ushbu mamlakatning rasmiy organlari bilan bevosita muloqot qilish, taklif va muammolari haqida gapirish imkonini berdi. So‘nggi bir necha oy ichida «Al-Nur» masjidi butun dunyodagi siyosatchilar va mashhur kishilarning tashrif buyuradigan joyiga aylandi. Tashrif buyurganlar musulmon jamoalari bilan o‘z muammolarini baham ko‘rishga kelishib, hamkorlikda ekanliklarini ko‘rsatishmoqda. «Al-Nur» masjidi imomi musulmonlarga hujum qilgan g‘arbliklar Islom va musulmonlar haqida ko‘p narsa bilishmaydi. Hatto ular Islom haqida ko‘proq bilmoqchi bo‘lsalar ham, ular to‘g‘ri manbalarni topa olmaydilar. Shu sababli, islomiy matnlarni tarjima qilib, ularni Islom markazlari orqali tarqatilishiga uzoq muddatli sa’y-harakatlar talab etilmoqda. Bu o‘z navbatida musulmonlar oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Alloh taolo bandalariga o‘ta mehribon va rahmlidir. Alloh bandalariga yomonlikni ravo ko‘rmaydi. Imtihonlar orqali Alloh o‘z bandalarini sinab, O‘ziga yaqin qiladi va gunohlarni mag‘firat etadi. Robbimiz hech bir bandasiga biror sinov yubormaydiki, uning ortidan yaxshiliklar, muvaffaqiyatlar kelmasa.

Alloh taolo aytadi: «Bas, albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir. Albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir» (Sharh surasi, 5-6-oyatlar).

Muvaffaqiyatlarga erishish uchun mashaqqat talab qilinganidek, Alloh taoloning roziligini topish uchun ham sinovlarga sabr qilish lozim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kengchilikda Allohni tanigin, U ham seni qiyinchilik paytida taniydi. Bilginki, senga yetmagan narsa, senga yetadigan emas edi. Senga yetgan narsa, senga yetmaydigan emas edi. Albatta, nusrat (g‘alaba) sabr bilan birga, albatta, shodlik g‘am ila birga, qiyinchilik yengillik bilan birga bo‘ladi», dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!