Yangi yilning bosh archasi qayerga o‘rnatilishi ma’lum bo‘ldi

Yangi yilning bosh archasi qayerga o‘rnatilishi ma’lum bo‘ldi

Yangi yil bayrami arafasida Toshkentdagi bosh archa qayerga o‘rnatilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lumki, uzoq yillar davomida Yangi yilning asosiy archasi poytaxtimizning bosh maydoni – Mustaqillik maydonida o‘rnatilishiga ko‘nikib qolgan edik. Ammo so‘nggi ikki yilda Bosh archa “Anhor-Lokomotiv” istirohat bog‘iga o‘rnatildi. Bu yil esa yurtdoshlarimiz Yangi yil bayramining asosiy tantanalarini yangi manzil – Mustaqillik shoh ko‘chasida, ya’ni Yoshlar ijodiyot saroyining orqa tomonidagi ochiq maydonda qarshi olishadigan bo‘ldi. Bu xabarni Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ham tasdiqladi.

9 dekabr kuni ertalabdan Mustaqillik shoh ko‘chasiga Yangi yil bayramining bosh archasini o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi. Bundan tashqari Yangi yil archasi poytaxtimizning yana oltita nuqtasida paydo bo‘ladi.

Toshkent shahar hokimligi ma’muriyati bayramgacha Toshkent yanada yorqin va chiroyli bo‘lishiga ishontirmoqda. Eslatib o‘tamiz , joriy yil ham yurtdoshlarimiz Yangi yil bayrami munosabati bilan 30 dekabrdan to 3 yanvarga qadar dam olishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!