Yangi xavfli virus Tinch okeanidagi kit va delfinlarga xavf solmoqda

Yangi xavfli virus Tinch okeanidagi kit va delfinlarga xavf solmoqda

Gavayi universitetining dengiz hayvonlari salomatligi laboratoriyasi tadqiqotchilari Tinch okeani bo‘ylab kit va delfinlarda yangi va xavfli virusni aniqladi. Unga ko‘ra, bu sutemizuvchilarning potensial o‘limiga olib kelishi mumkin.

Xabarga ko‘ra, 2010 yilda “Bengaluru Weather Change Virus” (BWCV) deb nomlangan sirkovirus Gavayi yaqinidagi qirg‘oqlardan birida faqat bitta kitda aniqlangan. Endi esa mutaxassislar uni kit va delfinlarning o‘ndan ortiq turida aniqladi.

Qayd etilishicha, Mariana orollari va Samoa yaqinidagi hayvonlarda ham test ijobiy natija bergan. Bu joylar esa birlamchi virus topilgan yerlardan 6,5 ming kilometr uzoqlikda joylashgan.

Tahlillarga ko‘ra, sirkovirus Tinch okeanida so‘nggi 22 yil davomida mavjud bo‘lgan. Olimlar hayvonlardan 1997 yilgacha olingan namunalarni o‘z ichiga olgan arxivdan foydalanib, hayvonlarni sinovdan o‘tkazishdi.

Ushbu holatlar orasida 2000 yilda Oaxuda qirg‘oqqa yuvilgan mitti kitda BWCV aniqlangani ma’lum bo‘ldi. Bu o‘sha paytdan beri virus Gavayi kitlari va delfinlari orasida mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi, deydi tadqiqotchilar.

Shuningdek, yangi virus yuqtirgandan so‘ng u qanday ta’sir qilishi mumkinligi hozircha noma’lum. Birinchi holat halokatli kasal kitda qayd etilgan, ammo hayvon boshqa patogenlar bilan ham kasallangan bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, sirkoviruslar - DNK viruslari bo‘lib, qushlar, cho‘chqalar va itlarda infeksiyalarni keltirib chiqaradi va og‘ir holatlarda o‘limga olib kelishi mumkin.

Mutaxasislarning ogohlantirishiga ko‘ra, virus hozirda Markaziy va G‘arbiy Tinch okeani bo‘ylab tarqala boshlagan va bu avvalgidan ham ko‘proq sutemizuvchilarga ziyon yetkazishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!