Yangi O‘zbekiston mahallasida “Qadriyatlar ulug‘langan yurt” konsert dasturi bo‘lib o‘tdi (FOTO)

Yangi O‘zbekiston mahallasida “Qadriyatlar ulug‘langan yurt” konsert dasturi bo‘lib o‘tdi (FOTO)

Mamlakatimiz Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat festivali” doirasida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani Yangi O‘zbekiston mahallasida “Qadriyatlar ulug‘langan yurt” konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Dastur “Yangi O‘zbekiston bu!” roligining namoyishi bilan boshlandi.
Shundan so‘ng tadbirni ochib berish uchun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, senator Minxojiddin Xojimatov sahnaga taklif etildi.

M.Xojimatov o‘z so‘zida bugun yurtimizdagi ulkan bunyodkorliklar, yangilanish va o‘zgarishlarning inson aqli shoshiradigan darajada ne chog‘lik shiddat bilan amalga oshirilayotgani xususida alohida to‘htalar ekan, birgina Yangi O‘zbekiston mahallasi misolida buning yaqqol ifodasini ko‘rish mumkinligini ta’kidladi.

Ma’lumki, o‘tgan yil pandimiya tufayli butun dunyo davlatlari singari O‘zbekiston uchun ham nihoyatda mashaqqatli va sinovli bo‘lib keldi. Buning ustiga 2020 yilning 1 may kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi oqibatida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida 4 ming 710 xonadon zarar ko‘rdi. Suv toshqini yuz bergan vaqtda sirdaryoliklarni chuqur qayg‘u bosgani hech birimizga sir emas. Nafaqat ular, xalqimiz ham qayg‘urdi va endi nima bo‘ladi, deya butun tashvishlandi.

Ana shunday vaziyatda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev sarbodabaliklar bilan uchrashib, biror xonadon, biror aholi vakili e’tiborsiz qolmasligini aksincha tosh kelsa kemirib, suv kelsa simiribtoblangan xalqimiz bu og‘ir kunlarda ham o‘zining sabr-matonati, mehr-oqibati va mehnatkashligi bilan yanada kuchli bo‘lib o‘tajagini ta’kidlagan edilar.

Darhaqiqat, qisqa muddat ichida toshqindan zarar ko‘rgan 1 ming 850 uy qayta ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishda o‘z egalariga topshirildi. Uyi yaroqsiz holga kelgan fuqarolar uchun ko‘p qavatli 2 ming 640 xonadonli jami 86 ta zamonaviy turar joy qurib bitkazildi. Bugu ushbu yangi shahar, yangi ko‘cha, yangi obod mahallalarni kezarkansiz, odamlar ko‘zida ertangi kunga ishonch va g‘ururni ko‘rasiz.

Shuningdek, konsert davomida so‘zga chiqqanlar Sirdaryo viloyatida turli millat vakillari istiqomat qilishini, ular hamjihatlikda hayot kechirishayotganini aytib, “Ma’naviyat festivali”da bunga e’tibor qaratilgani va shunga monand loyihalar amalga oshirilishidan mamnunligini bildirdilar.
Shuningdek, “Ma’naviyat festivali” yildan-yilga yangicha ko‘rinish, yangicha mazmun kasb etayotgani hamda har bir hududga moslab amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan boyib borayotganini ta’kidlashdi.

Tadbir avvalida “Mening farzandim O‘zbekiston faxri!” shiori ostida o‘tkazilgan Respublika anjumanida ishtirok etgan, shuningdek, amlakatimizda turli sohalarda katta yutuqlarga erishgan, xalqaro fan olimpiadalari va sport musobaqalarida yuqori o‘rinlarni egallagan, tashabbuskor, bilimli yoshlar hamda ularning onalari tashakkurnoma va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Aytish joizki, O‘zbekiston xalq artisti Munojat Yo‘lchiyeva ijrosidagi "Tanovor","Mustahzod" kabi sof milliy ashullalar konsert dasturining tom ma’noda gultoji bo‘ldi.

Tadbirning badiiy qismida O‘zbekiston Xalq artisti Gavharxonim Zokirovaning chiqishlari hamda el sevgan shoirlar Nuriddin Aminjonov va Bobur Bobomurodlarning go‘zal she’rlari kechaga o‘zgacha fayzu tarovat bahsh etdi.

Shundan so‘ng mahalliy va Poytaxtdan tashrif buyurgan yosh san’atkorlar Xislatjon Komilov va Aqlbek Piyazov ijrosidagi opera namunalari, baxshilar Gulmurod Dilmurodov, Otabek Tangriberganovlar ijrosidagi o‘zbek xalq dostonlaridan termalar, yosh estrada xonandasi Hojiakbar Ro‘zmetov ijrosidagi qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi. “Nihol” mukofoti sovrindori Sherbek Shodiyev ijrosida Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat bahsh etdi.

“Ma’naviyat festivali” davom etadi!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!