«Yangi O‘zbekiston islohotchisi» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

«Yangi O‘zbekiston islohotchisi» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

Prezident “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining:

  • “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish;
  • hokim yordamchisi lavozimiga tayinlangan hamda ular faoliyatini samarali tashkil etishga jalb qilingan shaxslarni ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlash amaliyotini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda joylarda “inson qadri uchun” shiori bilan amalga oshirilayotgan islohotlarda o‘zining faol ishtiroki, aholining turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha tashabbuslari bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan mahallalar va hokim yordamchilarini rag‘batlantirib borish maqsadida “Eng namunali mahalla” va “Faol hokim yordamchisi” kabi ko‘rik-tanlovlarning muntazam o‘tkazib borilishini ta’minlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!