Yangi o‘quv yilida ham onlayn ta’lim davom etadimi?

Yangi o‘quv yilida ham onlayn ta’lim davom etadimi?

Xalq ta’limi tizimida onlayn ta’lim berish faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 2020/2021 yilgi o‘quv mavsumida onlayn darslarni davom ettirish va takomillashtirish ko‘zda tutilgan.

Loyihada aytilishicha, onlayn maktabni davom ettirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan berilgan. Vazirlar mahkamasi tomonidan ushbu taklifga rozilik berilgan. Yangi o‘quv yili uchun videodarslarni tasvirga olish ishlari joriy yilning avgustidan boshlanadi.

«Online-maktab» loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasining tizimni raqamlashtirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!