Yangi o‘quv yilida 700 mingdan ortiq bola 1-sinfga o‘qishga qabul qilinadi

Yangi o‘quv yilida 700 mingdan ortiq bola 1-sinfga o‘qishga qabul qilinadi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova 2022-2023 o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayonlarini tashkil etish tartibi haqida ma’lumot berdi.

1-sinfga qabul ikki bosqichda (mikrohudud va mikrohududdan tashqari qo‘shimcha qabul) amalga oshiriladi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlarida elektron shaklda, tumanlarda (shahar) an’anaviy shaklda hujjatlar qabul qilinadi.

Chet el fuqarolarining farzandlari hududiy boshqarmalar orqali belgilangan tartibda umumta’lim maktablariga qabul qilinadi.

Nodavlat ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari o‘zlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!