Yangi tarix yaratgan bokschilarimiz yurtimizga qaytishdi

Yangi tarix yaratgan bokschilarimiz yurtimizga qaytishdi

Yaxshi bilasiz, 9-20 may kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada qizlarimiz ilk bor kattalar o‘rtasidagi JChda medal qo‘lga kiritishdi. Chempionatda -50 kg vaznli Aziza Yokubova va +81 kg vazn toifasida Mohira Abdullayeva bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Bugun tunda Elshod Rasulov boshchiligidagi terma jamoamiz a’zolari yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.

Kutib olish marosimida Sportni rivojlantirish vazirligi boshqarma boshlig‘i Bahodir Mamatnazarov, O‘zbekiston boks federasiyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliyev, sportchilarning yaqinlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!