Yangi sana! Koronavirusning Yevropaga qachon kirib kelgani ma’lum bo‘ldi

Yangi sana! Koronavirusning Yevropaga qachon kirib kelgani ma’lum bo‘ldi

Fransuz olimlari Yevropaga koronavirus qachon kirib kelganini aniqlashdi: 2019 yilning noyabr oyi. Bu Fransiyada birinchi infeksiya rasman tasdiqlanganidan ikki oy oldingi muddat. Doktor Mishel Shmitt va uning jamoasi Kolmardagi Albert-Shvayser kasalxonasida olib borilgan tadqiqot natijasida shunday fikrga kelishdi, deb xabar beradi NBC News.

Fransiyada nol bemorni qidirishda davom etayotgan shifokorlar o‘tgan yili minglab bemorlarning ko‘krak qafasi rentgen tekshiruvini o‘tkazdilar va ularning ikkitasi, alomatlarga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganligini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu tekshiruvlar 16 noyabrdan 18 noyabrgacha o‘tkazilganligi aniqlandi. Shu bilan birga, mamlakatda birinchi rasmiy yuqtirish holati faqat 24 yanvar kuni qayd etildi.

Bundan tashqari, dekabr va yanvar oylarining boshlarida koronavirusning 12 ta holati aniqlandi. Shmittning aytishicha, tadqiqotlar to‘xtatilmaydi. Shifokor o‘z jamoasi bilan birgalikda COVID-19 ning paydo bo‘lishi va tarqalish vaqtini aniqlash uchun 2019 yil oktyabr oyidagi rentgen tekshiruvini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

“Biz o‘tmishimizni anglaganimizdagina kelajakni boshqarishimiz mumkin. Ayni damda bu epidemiya qayerdan kelib chiqqanini tushunmayapmiz”, — deya xulosa qildi Shmitt.

May oyida Buyuk Britaniyada koronavirusning tarqalishi haqida shunga o‘xshash ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bredford Qirollik kasalxonasining epidemiologi Jon Raytning aytishicha, nol holatlar haqida yanvar oyida, birinchi infeksiyaning rasmiy tasdiqlanishidan ikki oy oldin xabar qilinishi mumkin edi.

31 may kuni ertalab dunyoda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 6,06 milliondan oshdi. Bir kunda yuqtirganlar soni 132,9 mingtani tashkil etdi. Pandemiya 188 mamlakatni qamrab oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!