Yangi "palov indeksi" e’lon qilindi

Yangi "palov indeksi" e’lon qilindi

To‘rt viloyatda palov narxi qimmatlashgan bo‘lsa, Sirdaryoda aksincha qariyb ikki ming so‘mga arzonlashdi.

Davlat statistika qo‘mitasi respublika hududlaridagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlarini ma’lum qildi.

Mamlakatning to‘rt viloyatida palov narxi qimmatlashgan bo‘lsa, Sirdaryoda aksincha qariyb ikki ming so‘mga arzonlashdi.

1 porsiya oshning o‘rtacha narxi (iyun oyi uchun):

Qoraqalpog‘iston R. – 18 000 so‘m

Andijon viloyati – 19 800 so‘m

Buxoro viloyati – 21 300 so‘m

Jizzax viloyati –19 800 so‘m

Qashqadaryo viloyati – 20 300 so‘m

Navoiy viloyati – 18 000 so‘m

Namangan viloyati – 15 000 so‘m

Samarqand viloyati – 20 300 so‘m

Surxondaryo viloyati – 19 600 so‘m

Sirdaryo viloyati – 17 700 so‘m

Toshkent viloyati – 21 300 so‘m

Farg‘ona viloyati – 18 300 so‘m

Xorazm viloyati – 19 800 so‘m

Toshkent shahri – 25 800 so‘m

Shunday qilib, aksariyat hududlarda palovning barqaror narxlari saqlanib qoldi. Narxning oshishi 1 porsiya uchun 200 so‘mdan 800 so‘mgacha bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!