Yangi namunadagi alkotester moslamasi tekshiruv vaqtida suratga ham oladi

Yangi namunadagi alkotester moslamasi tekshiruv vaqtida suratga ham oladi

Ta’kidlanishicha, DYHXX xodimlariga respublika bo‘ylab 150 dona yangi namunadagi alkotester moslamaci foydalanishga topshirilgan bo‘lib, mazkur alkotesterning bir qancha xususiyatlari mavjud. Bunday turdagi alkotesterlar aktiv va passiv holatda ishlatiladi. Passiv holda ishlatilgan vaqtda mastlikni aniqlovchi maxsus uskunadan foydalanilmaydi.

Haydovchi to‘xtilgan paytda uni mastlikda gumonlagan xodim haydovchi tomonga qurilmaning puflash tomonini yo‘naltiradi, 5–10 santimetr masofada haydovchi og‘zidan chiqqan etanol bug‘lar orqali uning mast ekani yoki yo‘qligi ma’lum bo‘ladi. Agar haydovchi mast bo‘lsa, milligramm ko‘rsatkichi ko‘tariladi. Shundan so‘ng qurilma aktiv rejimga o‘tkaziladi. Mastlik gumon qilingandan keyin bir martalik tekshiruvchi moslama qurilmaga o‘rnatiladi. Qurilmaga o‘rnatilgan kamera haydovchi puflayotgan vaqtda uning yuzini suratga oladi va qog‘oz chekda aks ettiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!