Yangi formatdagi Ispaniya Superkubogiga qur’a tashlandi

Yangi formatdagi Ispaniya Superkubogiga qur’a tashlandi

2019/20 yilgi mavsum Ispaniya Superkubogiga qur’a tashlandi.

Yarim finalda «Real» jamoasi «Valensiya» bilan o‘ynaydi, «Barselona» esa «Atletiko»ga qarshi bahs yuritadi.

«Real» — «Valensiya» uchrashuvi 8 yanvarga mo‘ljallangan, «Barselona» — «Atletiko» bahsi esa 9 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Final uchrashuvi 12 yanvarda bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, yangi formatdagi musobaqaga Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi. Saudiyaliklar musobaqani uch yil mobaynida o‘zida o‘tkazish uchun Ispaniya futbol federasiyasiga 120 million yevro to‘lagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!