Yangi ekspress avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi

Yangi ekspress avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 26 noyabr kuni soat 15:02 da Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumani M.Ulug‘bek ko‘chasida ekspress yo‘nalishida Mashinasozlar bekatiga harakatlanib ketayotgan “Mercedes-Benz” rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu yaqinda yo‘lga qo‘yilgan ekspress avtobuslardan biri edi.

Yong‘in tafsilotlari haqida FVV axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan vaqtda yong‘in haydovchi tomonidan birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari orqali bartaraf etilgani ma’lum bo‘lgan.

Yong‘in natijasida avtobusning motor qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!