Yana bir jonivorlarda COVID-19 aniqlandi

Yana bir jonivorlarda COVID-19 aniqlandi

Belgiyaning Antverpen shahridagi hayvonot bog‘ida yashovchi ikki begemotda koronavirus aniqlandi. Sciensano instituti olimlari ularning qay tarzda kasallik yuqtirganini anglashga urinmoqda, deb yozadi Nieuwsblad nashri.

Qayd etilishicha, Imani va Germiyen laqabli begemotlarda koronavirusni Belgiya tibbiyot instituti olimlari aniqlagan.

«Jonivorlar qanday qilib infeksiya yuqtirgani tushunarsiz bo‘lib qolmoqda, ularga qaraydigan barcha xodimlarda koronavirusga test manfiy bo‘lgan», — deyiladi xabarda.

Jonivorlarning kasallanganini ularning «so‘lak tupurayotganini» ko‘rgan zoopark veterinari payqab qolgan. Har ikki begemotda SOVID-19ga olingan test musbat chiqqan. Bu begemotlarda mazkur infeksiya aniqlangan ilk holatdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!