Yana bir davlat Rossiyaga qarshi sanksiyalarini e’lon qildi

Yana bir davlat Rossiyaga qarshi sanksiyalarini e’lon qildi

Yaponiya Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli Rossiya Federasiyasiga qarshi sanksiyalar joriy etilishini e’lon qildi, deb xabar berdi mamlakat Bosh vaziri.

Yaponiyaning Rossiya Federasiyasiga qarshi sanksiyalari DXR va LXRdan eksportni taqiqlash, shuningdek, mansabdor shaxslarning aktivlarini muzlatishni nazarda tutadi.

Tokioning Rossiya Federasiyasiga qarshi sanksiyalari suveren qarzga taalluqlidir va Yaponiyada yangi obligasiyalar chiqarishni taqiqlashni bildiradi. Yaponiya Rossiya Federasiyasiga qarshi sanksiyalar doirasida DXR va LXR vakillariga vizalar berishni to‘xtatdi. Ukraina atrofida vaziyat keskinlashgan taqdirda mamlakat Rossiyaga nisbatan qo‘shimcha cheklov choralarini ko‘rib chiqadi, deb xabar berdi NHK telekanali hukumatdagi manbalarga tayanib.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!