Yana bir davlat AstraZeneca vaksinasini ishlab chiqaradi

Yana bir davlat AstraZeneca vaksinasini ishlab chiqaradi

Rossiyaning "R-Farm" farmasevtika kompaniyasi Oksford universiteti lisenziyasi bo‘yicha AstraZeneca vaksinasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Vasiliy Osmakov ma’lum qildi.

"Rossiyada xorij vaksinalari ishlab chiqarilmoqda, "R-Farm" eksport uchun AstraZeneca vaksinasini ishlab chiqarmoqda", - dedi Osmakov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ichki bozor uchun mahalliy vaksinalarning o‘zi yetarli.

"R-Farm" direktori Vasiliy Ignatyev may oyida kompaniya iyunda Oksford universiteti va AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasini ishlab chiqarishni boshlashini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!