Yamanliklar yana och qolishi mumkin

Yamanliklar yana och qolishi mumkin

Yamanda milliy valyutaning qardsizlanishi va maoshlarning to‘lanmayotgani tufayli gumanitar vaziyat og‘irligicha qolmoqda. 

BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi vakili Ramesh Rajasingamning aytishicha, yamanliklar 2019 yildagi kabi yana ochlikka uchrashi mumkin. 

Stokgolmda tinchlik kelishuvi imzolanganidan beri Yamanda nizo qurbonlari soni 2018 yilga nisbatan 25 foizga kamaygan, biroq mamlakatni beqarorlik tark etganicha yo‘q. 

Yaman deyarli barcha tovarlarni import qiladi, ya’ni xalq tashqaridan keladigan mahsulotlarga qarab qolgan. 

2014 yilda shia husiylarning isyon ko‘tarishi va ularning hukumat kuchlari bilan jangga kirishishi oqibatida shundoq ham amal-taqal kun ko‘radigan Yaman abgor ahvolga kelib qoldi. 

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!