Yaman qirg‘oqlari yaqinidagi Qizil dengizda sodir bo‘lgan hujumdan so‘ng Hindiston kemasi cho‘kib ketdi
Hindistonning Faize Noore Oliya kemasi Yamanning g‘arbiy qirg‘og‘ida Qizil dengizda portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan qayiqqa hujum qilinganidan so‘ng cho‘kib ketdi.
Bu haqda Anadolu axborot agentligi Yaman milliy qarshilik kuchlariga tayanib xabar berdi.
Barcha 14 ekipaj a’zosi qutqarildi.
2 dekabrdagi axborot agentligining xabar berishicha, kema Al-Hudayda shahridan taxminan 13 dengiz mili janubida hujumga uchragan, natijada zarar ko‘rgan va cho‘kib ketgan.
Hujum holatlari va aybdorlar hali aniqlanmagan.
Yaman dengiz floti va qirg‘oq qo‘riqlash xizmatining qo‘shma operasiyasi natijasida barcha ekipaj a’zolari, jumladan, 13 nafar Hindiston fuqarosi va bitta Yaman fuqarosi qutqarilgani xabar qilingan. Hech kim jarohat olmagan.
