Yamal «Barsa» tarixida sardorlik bog‘ichini taqqan eng yosh futbolchiga aylandi

Yamal «Barsa» tarixida sardorlik bog‘ichini taqqan eng yosh futbolchiga aylandi

«Barselona» vingeri Lamin Yamal jamoada birinchi marta sardorlik bog‘ichini taqdi.

Bu Chempionlar Ligasi doirasidagi «Feyenoord»ga qarshi o‘yinda sodir bo‘ldi. Uchrashuv kataloniyaliklarning 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ispaniyalik futbolchi 77-daqiqada jarima zarbasidan gol urdi.

Blaugranation xabariga ko‘ra, 19 yoshli Yamal «Barselona» tarixida sardorlik bog‘ichini taqqan eng yosh futbolchiga aylandi. Avvalgi rekord Boyan Krkichga tegishli edi, u 20 yoshida «Barselona» sardori bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, 13 sentyabr kuni Hans-Diter Flik shogirdlari La Liga doirasida safarda «Levante»ga qarshi maydonga tushadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!