Yakkasaroy tumanida qurilayotgan 4 qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi

Yakkasaroy tumanida qurilayotgan 4 qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi

Avval xabar berganimizdek, bugun 9 avgust kuni soat 12:24 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Muqimiy ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan 4 qavatli binoda yong‘in sodir bo‘lganligi bo‘yicha shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:30 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 12:43 da qurshab olingan va soat 12:50 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida binoning tomi ichki qoplapmasiga sintepon bilan ishlov berilgan qismining taxminan 900 kv.m. maydoni yonib zararlangan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!