Yakkabog‘ tumanidagi dala shiyponi yer maydoni soxta hujjatlar asosida sotilganligi aniqlandi

Yakkabog‘ tumanidagi dala shiyponi yer maydoni soxta hujjatlar asosida sotilganligi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkabog‘ tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro B.X. va boshqalar tumandagi “Alaqarg‘a” qishlog‘ida joylashgan davlat zaxirasidagi 35 sotix yer maydoniga ega bo‘lgan dala shiyponini “S.H.” MCHJning muhri va shtampidan foydalanib, go‘yoki ushbu dala shiyponi MCHJga qarashli ekanligi haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, ushbu hujjatlar orqali Qarshi shahridagi “I.K.” MCHJda dala shiyponi 4 mln so‘mga boshqa fuqaro F.N.ga sotilganligi haqida savdo bayonnomasini chiqarishga erishib, dala shiyponi F.N.ga berib yuborilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!